Namangan viloyati IIB boshligʻi, polkovnik Shavkat Rahmonov Chust tumani yoshlari bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda viloyat IIB Axborot xizmati.
Tadbirda yoshlar tomonidan oʻqish va ishlash uchun sharoit yaratish, ID pasport olish, ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilish bilan bogʻliq koʻplab masalalar yuzasidan murojaatlar boʻldi. Aksariyat murojaatlar oʻsha joyning oʻzida ijobiy hal etildi.
Gulchehra BUVAMIRZAYEVA,
"Postda" muxbiri.
Namangan viloyati.
