Reyd 

Samarqand viloyati IIB PPX va JTSB Karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi hamda Samarqand veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari hamkorligida Samarqand shahrida joylashgan dexqon bozorlarida veterinariya-sanitariya talablariga zid ravishda goʻsht va goʻsht mahsulotlarini sotilishini oldini olish maqsadida reyd tadbirlari oʻtkazildi.

Viloyat IIB Axborot xizmati reydlar davomida dehqon bozorlarida sotilayotgan goʻsht va goʻsht mahsulotlari veterinariya va sanitariya ahvoli oʻrganilganini maʼlum qilgan. Shuningdek, sotuvchilar bilan chorva mollarini maxsus kushxonalarda soʻyilishi va mazkur ishlar gigiyena talablari doirasida amalga oshirilishi, qolaversa, karantin qoidalariga rioya qilgan holda savdo qilishlari tushuntirilgan.

Gulnoza TURGʻUNBOYEVA, 

«Postda» muxbiri.

Samarqand viloyati.