Adashgan insonga toʻgʻri yoʻl koʻrsatish, uni suyash xalqimizga xos fazilatdir. Yaqinda aybiga chin dildan pushaymon boʻlgan, muddatidan oldin jazodan ozod etilgan fuqarolar bilan Navoiy viloyati IIB boshligʻi, polkovnik A. Tasbaev uchrashdi. Mazkur muloqotdan ham ana shunday ezgu maqsad koʻzlangan edi.
Uchrashuvda fuqarolarning ijtimoiy-moddiy muammolari atroflicha tinglandi. Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ularning murojaatlari maksimal darajada qanoatlantirildi. Masalan, Roman Babayanga identifikasiya ID-kartasi rasmiylashtirilib berildi. Shuningdek, unga kasbga tayyorlash boʻyicha monomarkazda oʻqishi uchun yoʻllanma topshirildi. Bundan tashqari, turar joyga ega emasligi sababli Navoiy shahridagi umumiy yotoqxonalarning biridan xona ham ajratildi. Shu kuni yana 4 nafar fuqaroga hayotda oʻz yoʻllarini topib, mazmunli umr kechirishlari uchun turar joy, moddiy yordam hamda imtiyozli kredit olishida amaliy yordam koʻrsatildi.
Mahliyo XOLOVA,
“Postda”muxbiri.
Navoiy viloyati.
