Ichki ishlar organlarida davom etayotgan "Maʼnaviyat oyligi" doirasida IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Birinchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi psixologik taʼminlash guruhi psixologlari tomonidan Toshkent viloyatining Zangiota tumani “Bogʻzor” qoʻrgʻonida joylashgan “Sadoqat bogʻi” majlislar zalida yosh xodimlar bilan malakali mutaxassislar ishtirokida psixologik tadbirlar (seminar, trening) va oʻquv-amaliy forum oʻtkazildi.

Birinchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi psixologlari tomonidan muassasalarda xizmat olib borayotgan xodimlarni psixodiagnostikadan oʻtkazish ishlari reja asosida olib borilmoqda. Oʻtkazilgan psixodiagnostika natijalariga koʻra ruhiy holatida ichki va tashqi omillar bilan bogʻliq psixologik muammolar aniqlansa, ularni bartaraf etish maqsadida psixologik treninglar tashkil etilyapti.

M.RAJABOV,

mayor.