Guliston shahar IIB Probasiya guruhi tashabbusi bilan psixologik trening tashkil etildi.

Unda Guliston Davlat universitetining yetuk psixologlari hamda probasiya nazoratida turgan oʻn toʻrt nafar shaxs ishtirok etdi.

Mashgʻulotda ruhiy zoʻriqishni yengish, ruhiy bosimga qarshi kurashish, shaxsiy muammolarni bartaraf etish uslublari yuzasidan tavsiyalar berildi. 

Abdurahmon MUSTAFOQULOV,

“Postda” muxbiri.

Sirdaryo viloyati.