Olot, Qorakoʻl va Jondor tumanlari ichki ishlar organlari tomonidan yarim yilda amalga oshirilgan ish natijalari boshqarma boshligʻi, podpolkovnik I.Tursunov huzurida sarhisob qilindi. Muhokamalarda ushbu tumanlar hududlarida joriy yilning olti oyi davomida sodir etilgan jinoyatlar, ularning kelib chiqish sabab va omillari, kelgusida “mahallabay” tizim asosida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar, shaxsiy tarkib oʻrtasida ijro va xizmat intizomini mustahkamlash, qonuniylikka rioya qilish bilan bogʻliq salbiy holatlarning oldini olish borasida har bir tumanda masʼul rahbarlar tomonidan yoʻl qoʻyib kelinayotgan tizimli kamchiliklar birma bir tahlil qilindi.

Tanqidiy va tahliliy tarzda oʻtgan muhokama yigʻilishida har bir masala yuzasidan masʼullarning hisobotlari tinglanib, boshqarma boshligʻining oʻrinbosarlari, tumanlarga masʼul etib biriktirilgan sohaviy xizmatlar rahbarlari, hududiy ichki ishlar organlari boshliqlari va boshqa mutasaddilarning yarim yillik ish natijalari birma-bir koʻrib chiqilib, kamchiliklarga yoʻl qoʻygan rahbarlar va masʼul xodimlarga nisbatan intizomiy taʼsir choralarni qoʻllash yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.