Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida hisobot uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda mazkur oliy taʼlim muassasasida faoliyat olib borayotgan viloyat IIB xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektori hamda profilaktika inspektorlari talabalar oʻrtasida yuzaga kelayotgan huquqbuzarlik holatlari yuzasidan axborot berishdi. 

Shundan soʻng kelgusida bunday holatlarning oldini olish boʻyicha oʻzaro hamkorlikda bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar muhokama qilindi va qoʻshma reja ishlab chiqildi. Rejada kelgusida universitet hududida jinoyat sodir etilishining oldini olish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Mahliyo XOLOVA,

“Postda” muxbiri.

Navoiy viloyati.