Mamlakatimizga tashrif buyurgan frantsiyalik sayyoh Dupont Thomas joriy yilning 27 aprel kuni Xorazm viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlariga murojaat qilib, oʻziga tegishli boʻlgan qora rangli “SONY” rusumli videokamerasini “Ichan qalʼa” davlat muzey qoʻriqxonasi hududida ehtiyotsizligi oqibatida yoʻqotib koʻygani boʻyicha murojaat qilgan.
Boshqarma Tezkor boʻlinmasi xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv tadbirlari davomida “SONY” rusumli videokamera “Ichan qalʼa” davlat muzey qoʻriqxonasi hududida unutib qoldirilgani aniqlandi va egasiga topshirildi.
– “Lazgi” xalqaro raqs festivalini tomosha qilish uchun qadimiy va qoʻhna zaminga tashrif buyurdim, – deydi frantsiyalik sayyoh. – Festival juda qiziqarli, taassurotlarga boy tarzda oʻtayotgandi. Tasodifan shunday nufuzli festivalning betakror suratlari joylangan videokameramni yoʻqotib qoʻydim. Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlariga murojaat qilgach, mushkulim oson boʻldi. Men bundan juda xursandman va boshqarma xodimlariga oʻz minnatdorligimni bildiraman.
Xudoybergan JABBOROV,
Xorazm viloyati.
