“Sayyor-Akademiya” oʻquv dasturi doirasida Fargʻona viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi xodimlari uchun oʻquv mashgʻulotlari tashkil etildi.

Mazkur oʻquv mashgʻulotida IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi, IIV Akademiyasining kriminalistik ekspertizalar kafedrasi vakillari ishtirok etib, soha xodimlari uchun kriminalistik ekspertizalarni oʻtkazishdagi prosessual, metodik va texnik talablar boʻyicha amaliy va nazariy darslarni olib bordilar.

Mashgʻulotlar davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan va faoliyat davomida uchrayotgan mavzuga doir savollariga tajribali ustozlardan batafsil javoblar olishdi.

Abduvosit SIDIQOV,

oʻz muxbirimiz.

Fargʻona viloyati.