Namangan viloyati IIB boshligʻi polkovnik Shuxrat Aliyev tomonidan Pop tumani 3-sektor hududida yashovchi aholining yashash va turmush sharoitlarini oʻrganish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

Oʻtkazilgan sayyor qabul davomida jami 17 nafar fuqarolar ishtirok etib, ulardan turli xil masalalarda 21 ta murojaatlar qabul qilindi.

Murojaatlar yangi elektr simyogʻochlari oʻrnatish, ichimlik suvi tarmogʻini tortish, nogironlik aravachasi olish, ID karta olish, bepul davolanish va boshqa masalalarda kelib tushdi.

Murojaatlarning 12 tasi joyida hal etilib, muddat talab etadigan murojaatlar masʼullarga biriktirilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Boshqarma boshligʻi tomonidan joylarda aholi muammolarini oʻrganish va ularga ijobiy yechim topish borasidagi amaliy ishlar davom etmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati