Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani IIB JXX probatsiya guruhi hamda tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi bilan hamkorlikda 60 ga yaqin nazorat ostidagi fuqarolar ishtirokida boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi uyushtirildi. Tadbir davomida yigʻilganlarga boʻsh ish oʻrinlari haqida atroflicha maʼlumot berildi va shu kuni 9 nafar jazoni ochiqda oʻtayotgan shaxs bilan mehnat shartnomalari imzolandi.
Alijon ABDUSATTOROV,
oʻz muxbirimiz.
