Romitan tumanidagi 3-sektorga qarashli mahallalarda hamda ijtimoiy soha obyektlarida muqobil elektr energiyasi manbalaridan va energiya tejovchi texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari borasida uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Uchrashuv davomida tuman tibbiyot birlashmasining 76 nafar xodimi quyosh panellari oʻrnatishini bildirdi. Shu kunning oʻzida 5 nafar shifokor xonadonida quyosh panellari oʻrnatildi. Shuningdek, aholi xonadonlari xavfsizligini taʼminlash, fuqarolarning mol-mulklarini ishonchli himoya qilish maqsadida xonadonlarga zamonaviy videokuzatuv kameralari oʻrnatilmoqda.
J.RASULOV,
podpolkovnik.
Buxoro viloyati.
