Urganch xalqaro aeroporti hududida viloyat bojxona boshqarmasi, DXX hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida navbatdagi tezkor tadbir oʻtkazildi.

Mazkur tadbirda yurtimizga kelgan S.Anvarning (voqea ishtirokchilarining ismi-sharifi oʻzgartirilgan) yuklari belgilangan tartibda koʻzdan kechirildi. Natijada ushbu yuklar ichidagi konfetlar orasida 10 dona tsellofan paketchalarga oʻralgan jami ogʻirligi 175 gramm “geroin” hamda 16 dona tsellofan paketchalarga qadoqlangan jami ogʻirligi 405 gramm boʻlgan “gashish” giyohvandlik vositalari borligi aniqlandi. Tezkor tadbir davomida ushbu giyohvandlik vositalarini M.Asad ismli shaxs qabul qilib olgan vaqtida ashyoviy-dalillar bilan qoʻlga olindi.

Mazkur holat yuzasidan gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʻz muxbirimiz.

Xorazm viloyati.