Viloyat IIB JTSB Karantin tadbirlarini taʼminlash boʻlinmasi va qator mutasaddi tashkilotlar joylarda nazorat reyd tadbirlarini amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, Buxoro shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda aholi orasida sanitariya-epidemiologik va goʻsht, goʻsht mahsulotlari sotuvida veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan nazorat tadbirlari olib borildi. Mazkur tadbirlar davomida sanitariya qoidalariga amal qilib, namunali faoliyat yuritib kelayotgan Orifon koʻchasida joylashgan goʻsht doʻkonlari alohida namuna qilib koʻrsatildi.

 Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati