Kecha Oʻzbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutining Olmaliq shahridagi oʻquv bazasida tinglovchilarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish hamda ular oʻrtasida sogʻlom muhitni yaratish maqsadida «Sportni sev! Sport bilan yasha!» shiori ostida sportning «Arqon tortish» va «Stol tennisi» turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi. Qizgʻin va murosasiz kechgan baxsda gʻoliblar aniqlanib, munosib taqdirlandi.
Husan MUSLIMOV,
Malaka oshirish instituti Jangovar tayyorgarlik sikli oʻqituvchisi, kapitan.
