Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha Guliston shahar inspeksiyasi inspektorlari hamda viloyat IIB PPX va JTSB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan reyd tadbirida Respublika Onkologiya ilmiy markazi viloyat filiali tomonidan nosoz kanalizatsiya quvurlaridan oqova chiqindi suvlari «Doʻstlik» kanaliga oqizayotganlik holati aniqlandi.
Ushbu holat joyida bartaraf etildi va filial xoʻjalik ishlari boʻyicha mudiri G.M.ga nisbatan tegishli tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
“Postda” muxbiri.
Sirdaryo viloyati.
