Zarafshon shahar IIB HPB xodimlari Mudofaa va Xalq taʼlimi boʻlimlari bilan hamkorlikda voyaga yetmaganlar va uyushmagan yoshlar uchun IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli 7551-harbiy qismda Vatanparlik lageri tashkil etishdi. Harbiy qismda namoyish etilgan qurol-yarogʻ koʻrgazmasi hamda dala lageri bilan yaqindan tanishgan oʻsmirlar bir olam taassurot olishdi. Ular askarlar hayotining bir kuni bilan tanishish barobarida oʻquv mashgʻulotlarida ham ishtirok etishdi.

Mahliyo XOLOVA,

"Postda" muxbiri.

Navoiy viloyati.