Mirzachoʻl tumanining “Paxtazor” mahallasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar mutasaddilarining sayyor qabuli oʻtkazildi. Jumladan, viloyat IIB boshligʻining oʻrinbosari, podpolkovnik Azizbek Habibullayev fuqarolar bilan muloqot oʻtkazdi. Bu jarayonda qonunbuzarlarga nisbatan chora koʻrish, ishga joylashish, subsidiya asosida uy-joy ajratilishi kabi muammolar koʻtarilib, hal qilish choralari belgilandi. Tadbir doirasida 3-sektor ishchi guruhi tomonidan ijtimoiy daftarlarda roʻyxatda turgan ehtiyojmand fuqarolarga subsidiya asosida tikuv mashinalari hamda 16 yoshga toʻlgan yoshlarga ID kartalar topshirildi.

Alijon ABDUSATTOROV,

oʻz muxbirimiz.

Jizzax viloyati.