Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlari oʻrtasida oʻzaro tajriba almashish yaxshi samara beradi, albatta. Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Nukus shahar IIOFMB xodimlaridan iborat ishchi guruh aʼzolari poytaxt IIBB Yhxbga tashrif buyurishdi.
Ular Yashnobod tumani Alimkent koʻchasida joylashgan "Uch avlod bogʻi" va undagi Yoʻl harakati qoidalarini oʻrganish maydonchasi bilan tanishtirildi. Bu jarayonda YHXB YPX brigadasi 1-batalon komandiri, podpolkovnik A. Artikov ularga hamrohlik qildi mehmonlarga maydoncha haqida batafsil tushunchalar berdi.
Sarvar SOBIROV,
“Postda” muxbiri.
