“Yoshlar oyligi ” munosabati bilan IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti 1-mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi psixologik taʼminlash guruhi tomonidan ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, yaqinda ham Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan “Sadoqat” bogʻida “Barqaror hayot” xalqaro ijtimoiy-maʼrifiy markazi psixologlari hamkorligida 1-mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi xodimlariga shaxs psixologiyasi, unga ijobiy taʼsir koʻrsatish, ruhiy zoʻriqishlarni bartaraf etish hamda shaxs xarakterini aniqlash va boshqa shu kabi yoʻnalishlar boʻyicha maxsus seminar-trening mashgʻulotlari yuqori saviyada boʻlib oʻtdi.
Unda ishtirok etgan osoyishtalik posbonlari tomonidan kelgusida ana shunday tadbirlarni yanada koʻproq tashkil etish va oʻtkazish borasida bir qator takliflar ham bildirildi.
Murodulla RAJABOV,
mayor.
