Buxoro davlat universitetida xorijiy tillar fakultetining 1–2 bosqich talabalari ishtirokida "Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning kelib chiqish sabablari, ularning oldini olishning nazariy-huquqiy asoslari" mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Buxoro viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi masʼul xodimlari talabalar oʻrtasida yoshlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar, ularning kelib chiqish sabablari toʻgʻrisida targʻibot va tushuntirish ishlarini olib borishdi.

D. SHAROPOVA,

podpolkovnik.

Buxoro viloyati.