Qashqadaryo viloyati IIB TQX Kiberxavfsizlik boʻlimi va Qarshi shahar IIOFMB xodimlari Qarshi davlat universitetida kiberjinoyatchilikni oldini olish mavzusida tadbir oʻtkazishdi. 

Yigʻilishda bank kartalaridan mablagʻlar talon-toroj qilinishi bilan bogʻliq jinoyat usullari haqida batafsil maʼlumot berildi. Jinoyatchilarning aldoviga uchmaslik, xususan, ijtimoiy tarmoqlardagi savdo kanallari, onlayn kredit, soxta onlayn birja va treyding faoliyati borasida ehtiyot boʻlishlari lozimligi aytildi. 

Yakunda talaba yoshlar qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob berildi.

Iroda RASULOVA,

Qashqadaryo viloyati IIB TQX Kibexavfsizlik boʻlimi xodimi,

podpolkovnik.