Mamlakatimizda jazoni ijro etish tizimiga oid qabul qilinayotgan yangi normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini mahkumlarga yetkazish maqsadida IIV huzuridagi JIED masʼul xodimlari, shuningdek jazoni ijro etish koloniyalari rahbariyati tomonidan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, yaqinda Prezidentimizning 2018 yil 8 maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi farmoni talablari 10-son jazoni ijro etish muassasasida jazo muddatini oʻtayotgan shaxslarga tushuntirildi. Mazkur muassasada har haftaning juma kuni “Mahkumlarga afv etish va insonparvarlik dalolatnomasini qoʻllash masalalarini tushuntirish hamda targʻibot ishlarini olib borish kuni” etib belgilangan. Muassasadagi uchrashuvxona, fuqarolarni qabul qilish xonalari, mahkumlarning yashash sahnlari, turkum maʼrifatxonalarida ham targʻibot bannerlari oʻrnatilgan.
Shahrizod ShOKIROV,
IIV huzuridagi JIED
Axborot xizmati boshligʻi,
leytenant.
