Norin tuman hokimligida ichki ishlar boʻlimi probasiya guruhi hisobidagi nazorat ostidagi shaxslar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda nazorat ostidagi shaxslarni ijtimoiy moslashuvi, bandligini taʼminlash, muammolarini oʻrganib, joyida hal qilish chora-tadbirlari koʻrildi hamda nazorat ostidagi shaxslarga qonundagi oʻzgarish va qoʻshimchalar yuzasidan tushunchalar berildi.
Tuman IIB masʼul xodimlari tomonidan yot gʻoya taʼsiriga tushib qolmaslik yuzasidan profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.
Oʻz muxbirimiz,
Namangan viloyati.
