Ichki ishlar vazirligi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzonlandi. Samarqand viloyati IIB axborot xizmati “Hamkorlik va istiqboldagi vazifalar” mavzusida ushbu tarixiy xujjatning imzolanish marosimidagi dolzarb vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan tadbir tashkil etilgani haqida xabar qiladi.

Viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari hamda Boshqarmaning tarkibiy tuzilmalari hamda sohaviy xizmat rahbarlari ishtirok etgan tadbirda memorandumning mazmun-mohiyatini har bir rahbar va xodim chuqur anglashi lozimligi aytib oʻtildi. 

Bugungi kunda ichki ishlar organlari xodimlariga qoʻyilayotgan talablar ulardan yuksak masʼuliyat, temir intizom hamda ulkan matonat talab etishi ahamiyat qaratildi. Bunda har bir xodim muntazam ravishda oʻz ustida ishlab malakasini, bilimini oshirib borishi boʻyicha aniq vazifalar berildi.

Shuningdek, shaxsiy tarkib oʻrtasida xizmat intizomini mustahkamlash hamda qonuniylikka rioya etilishini taʼminlash masalalari ham muhokama qilindi.

Tadbirda soʻzga chiqqan masʼullar, xodimlar tomonidan tamagirlik, poraxoʻrlik, xizmat vazifasini suiisteʼmol qilish bilan bogʻliq illatlar butun tizim obroʻsiga jiddiy putur yetkazishi, bunday salbiy holatlarga yoʻl qoʻymaslik, bunday holatlar yuz berganda xodimga nisbatan qatʼiy choralar qoʻllanishi haqida ogohlantirib oʻtishdi.

 Gulnoza TURGʻUNBOEVA,

 “Postda” muxbiri.

Samarqand viloyati