IIV Navoiy akademik litseyi oʻquvchilari Navoiy viloyati IIB Navbatchilik qismida boʻlishdi. Tadbir jarayonida oʻquvchilarga “102” xizmati faoliyatini tashkil etish, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishda hamda ularni fosh etishda ushbu xizmatning roli haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, litsey oʻquvchilari Navoiy shahrida “Xavfsiz shahar” kontseptsiyasi asosida tashkil etilgan Vaziyatlar markazi faoliyati bilan ham tanishishdi. Bu yerdagi zamonaviy axborot texnologiyalari, kuzatuv kameralari va ularning ishlash tartibi, jinoyatlarning oldini olish va ularni “issiq izida” fosh etishdagi ahamiyati mutaxassislar tomonidan tushuntirildi.
Tadbirdan koʻzlangan maqsad oʻquvchilarning soha haqidagi tasavvurlarini boyitishdan iborat edi. Oʻylaymizki, ushbu maqsadga erishildi.
Mahliyo XOLOVA,
“Postda” muxbiri.
Navoiy viloyati.
