Fargʻona viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasida 2021 yilning 9 oyida amalga oshirilgan ishlar tahlili va muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Videokonferentsaloqa tarzida tashkil etilgan yigʻilishda tergov sifati, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va tergov oʻtkazish vaqtida erishilgan yutuqlar, yoʻl qoʻyilayotgan xato va kamchiliklar tahlil qilinib, kelgusida bajarilishi zarur boʻlgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Tadbir davomida tergov boshqarmasi va uning quyi boʻlinmalari tomonidan jinoyat ishlarini tergov qilishda bir qator ijobiy natijalarga erishilgani qayd etildi. Bunda tizimda xizmat qilayotgan har bir rahbar va xodimning hissasi borligi taʼkidlandi.

Biroq, ijobiy koʻrsatkichlar bilan birga, xato va kamchiliklar ham borligi aytib oʻtildi. Ish sifati ijobiy tomonga oʻzgarmayotgan ayrim tergov boʻlinmalari va xodimlariga zarur koʻrsatma hamda tavsiyalar berildi.

Shuningdek, yigʻilishda namunali faoliyat olib borayotgan tergov boʻlinmalari, surishtiruvchi va tergovchilar nomi eʼtirof etilib, ular tashakkurnoma, faxriy yorliq, pul mukofotlari, kompyuter jamlanmasi hamda boshqa sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Abduvosit SIDIQOV,

“Postda” muxbiri.

Fargʻona viloyati.