Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bogʻliq huquqbuzarliklarni aniqlash borasida maxsus tezkor profilaktik tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda.
Buxoro shahridagi Karvon bozori yonidagi avtomashinalar turargohida oʻtkazilgan navbatdagi tadbir davomida Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida yashovchi Sh.A. ismli shaxs umumiy qiymati 1 million 400 ming soʻmlik 160 quti, 9600 dona “Britanik” yozuvli pirotexnika vositalarini qonunga xilof ravishda sotayotgan vaqtda ushlandi va tegishli tartibda rasmiylashtirildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.
