Yakkabogʻ tumanining chekka togʻli hududlaridan biri – “Xonaqa” mahallasida xotin-qizlar va bolalarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan targʻibot-tashviqot tadbiri oʻtkazildi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil 11 apreldagi “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni yuzasidan tushuntirish ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari, xotin-qizlarning huquq va erkinliklari, manfaatlari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berilib, kelgusida oilada turli xildagi zoʻravonlik holatlarining oldini olish, bu kabi holatlar yuz berganda qonunda maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralari belgilangani tushuntirildi.

Dilafroʻz MIRZAYEVA,

Yakkabogʻ tumani IIB HPB XQMB katta inspektori, podpolkovnik.

Qashqadaryo viloyati.