Samarqand viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari, polkovnik Muzaffar Raxmatullayev tomonidan Toyloq tumani IIB faoliyati oʻrganildi. Bu haqida viloyat IIB Axborot xizmati xabar qiladi.
Qayd etilishicha, oʻrganish davomida tuman hududida sodir etilib, hozirgi kunga qadar fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlar tuman IIB rahbariyati va tegishli xizmat xodimlari ishtirokida muhokama qilingan. Va qonun ustuvorligi, jazoning muqarrarligini taʼminlash boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berilgan.
Shuningdek, tumandagi eng koʻp jinoyat sodir etilgan va hozirda qizil hududga kirgan Charogʻbon mahallasining tayanch punktlarida mahalla faollari bilan uchrashuvlar oʻtkazildi. Profilaktika inspektorlarining faoliyati bilan tanishib, ish yurituvidagi hujjatlar va bajargan ishlari, xizmat sharoitlari ham oʻrganildi.
Bundan tashqari, xodimbay ishlash tizimi asosida tumandagi xodimlarning yashash xonadonlariga borilib, yaqinlari bilan suhbatlashilib, yashash sharoitlari koʻzdan kechirildi.
Gulnoza TURGʻUNBOYEVA,
«Postda» muxbiri.
Samarqand viloyati.
