Shaxrixon tumani IIBda oʻtkazilgan maʼrifat va maʼnaviyat darsi davomida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri amalga oshirildi. Unda uzoq yillar ichki ishlar organlarida xizmat qilgan faxriylar - Akmaljon Qodirov, Ibrohimjon Yuldashev, Hamidjon Nurmatov Maxammadjon Ibragimov va Qahramonjon Kazakovga “Oʻzbekiston IIV faxriysi” koʻkrak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.
Faxriylarni eʼzozlash va axoli oʻrtasida ichki ishlar organlarining xalqchil tizim ekanligini targʻib qilish, yosh xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha ishlar reja asosida davom ettirilmoqda.
Davronbek YUSUPOV,
isteʼfodagi podpolkovnik.
Andijon viloyati.
