Toʻraqoʻrgʻon tumani IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari, podpolkovnik Maqsadbek Hasanov Namangan davlat chet tillari instituti talabalari bilan uchrashdi.
Ochiq muloqotda IIB rahbari ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida toʻxtalib oʻtdi. Shundan soʻng yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savol va takliflarini birma-bir oʻrtaga tashladilar.
Xususan, Gulshoda Joʻrayeva 5 ta chet tilini bilishini, Ishoqxon Ibrat hayoti va ijodiga bagʻishlangan kitobning ingliz tiliga tarjimasini nashrga tayyorlaganligini aytib, uni chop etishga moddiy yordam soʻradi. Sektor rahbari Gulshodaning intilishlarini yuqori baholadi. Tarjimonga 100 nusxa kitobi chop etilishida amaliy yordam beriladigan boʻldi.
Nozima Qozoqova talabalar turar joyida pishiriq pishirish bilan shugʻullanishga pech, Muslima Rahimova axborot-resusr markaziga 100 dona badiiy adabiyot berilishini soʻrab murojaat etishdi. Ushbu murojaatlar ijobiy hal etildi. Shuningdek, bir qancha talabalar murojaatlari boʻyicha huquqiy masalahatlar berildi.
Sport jihozlari olishda yordam soʻragan Sevinchoy Allaberganovaning murojaatiga shu yerning oʻzida yechim topildi. Stol tennisi jihozlari, voleybol va basketbol toʻplari yoshlarga sovgʻa sifatida topshirdi.
Gulchehra Buvamirzayeva,
“Postda” muxbiri.
