Ayni kunlarda Sirdaryo viloyatida «Qora dori — 2022» keng qamrovli profilaktik tadbir davom etmoqda. Sirdaryo viloyat IIB tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Sirdaryo tumani Doʻstlik mahallasida yashovchi B.YA. ning tomorqasidan uch tup nasha topildi. Xonadon qoʻyxonasidan esa quritilgan holatdagi marixuana (kannabis) giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Abdurahmon MUSTAFOQULOV,

“Postda” muxbiri. 

Sirdaryo viloyati.