Sirdaryo tumani Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tumanning boʻsh yer maydonida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida 2 gektar yer maydoniga 1300 tup turli mevali hamda manzarali daraxt koʻchatlari ekishdi. Tadbir davomida archa, klyon, yapon safforasi, shumtol, qayragʻoch, katalpa, pavlovniya, aylant, tuya, yasin kabi daraxt koʻchatlari ekildi.
Shuningdek profilaktika inspektorlari ham xizmat uylari atroflariga 200 tupdan ortiq mevali hamda manzarali daraxt koʻchatlari ekishdi. Tadbirda Sirdaryo tumani IIB boshligʻi ishtirok etdi. Ushbu mavsumda yana 1500 tupdan ziyod manzarali va mevali daraxt koʻchatlari ekiladi.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
oʻz muxbirimiz.
