Xorazm viloyatining barcha shahar va tuman hududlarida jamoat xavfsizligini taʼminlash, jinoyat hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbiri davom etmoqda.
Urganch shahrida oʻtkazilgan mazkur tadbirda ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya xodimlari hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi. Tadbir davomida asosiy eʼtibor jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda qidiruvdagi shaxslarni aniqlashga qaratildi.
Mahallalarda oʻtkazilgan targʻibot tadbirlarida oʻgʻirlik, giyohvandlik, firibgarlik, odam savdosi, terrorizm kabi jinoyatlarning oldini olishga alohida eʼtibor berildi. Shuningdek, xonadonlar va tadbirkorlik obʼektlarining xavfsizligini taʼminlashda qoʻriqlash xizmatidan samarali foydalanish, uy-roʻzgʻor buyumlarini qarovsiz qoldirmaslik boʻyicha profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.
“Xavfsiz hudud” profilaktik tadbiri davom etmoqda.
Xudoybergan JABBOROV,
“Postda” muxbiri.
Xorazm viloyati.
