Ichki ishlar tizimida ustoz-shogird anʼanalari hamisha bardavom. Yosh xodimlar uzoq yillik xizmati davomida fidoyiligi, jonkuyarligi tufayli obroʻ-eʼtibor topgan faxriylarning yoʻl-yoʻriq maslahatlarini olishi va ularga hurmat-extirom koʻrsatishi azaliy qadriyatga aylangan.
Navoiy viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasining bir guruh xodimlari ustozlarini yoʻqlab, ularning xonadonida boʻldi.
Isteʼfodagi polkovnik Faxriddin Xolov hamda podpolkovnik Avaz Xojiyevlar xizmat bilan bogʻliq xotiralarini eslab, shogirdlari bilan dildan suhbatlashdi. Oʻz oʻrnida koʻrsatilgan izzat-ikrom, eʼtibordan xursandliklarini aytishdi.
Mahliyo XOLOVA,
"Postda" muxbiri.
Navoiy viloyati.
