Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Qizilqum koʻchasida doimiy roʻyxatda turgan J.X. Jizzax viloyati hududida tadbirkorlik faoliyatini yuritar ekan, soliqlar yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash hamda savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish mazmunidagi jinoyatlarga qoʻl urdi. Qilmishlari oshkor boʻlgach, yashirinishni maʼqul yoʻl, deb bildi. Shu bois jinoyat ishlari boʻyicha Baxmal tumani sudi tomonidan qidiruv eʼlon qilindi. Tabiiyki, ichki ishlar organlari xodimlari uning jazodan qutilib qolishiga yoʻl qoʻymadi. J.X.ning Toshkent shahridagi yashirin manzili aniqlanib, qoʻlga olindi.

Alijon ABDUSATTOROV,

“Rostda” muxbiri.

Jizzax viloyati.