Maʼlumki, 2023-yilning 22 dekabrida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligida Oʻzbekiston Respublikasi Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtgan edi. Unda davlatimiz rahbari qator yoʻnalishlar boʻyicha muhim tashabbuslarni ilgari surib, dolzarb vazifalarni belgilab berdi.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlariga qarashli Fargʻona shahridagi 7253-harbiy qismda «Vatanga xizmat – oliy fazilat» mavzusida boʻlib oʻtgan seminarda mazkur yigʻilishning mazmun-mohiyati harbiy xizmatchilarga yetkazildi. Unda respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining viloyat boʻlimi rahbari oʻrinbosari, “Maʼnaviyat fidoiysi” koʻkrak nishoni sohibi Shavkat Toʻychiev ishtirok etib, oʻz fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi.
Farhod ERKINOV,
mayor.
