Kuni kecha Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-mayor B.Mirzaraximov IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligida boʻlib, video-konferens-aloqa orqali kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazdi.

Tadbirda qoʻshinlar qoʻmondoni, uning oʻrinbosarlari hamda qoʻshilma va harbiy qismlarning shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Yigʻilishda shaxsiy tarkib tomonidan sodir etilgan qonunbuzilishi va koʻngilsiz holatlarning kelib chiqishi bunga imkon beruvchi omillar tanqidiy tahlil qilindi.

Shuningdek vazir oʻrinbosari tomonidan kelgusida harbiy xizmatchilar oʻrtasida korrupsiyaviy holatlar, firibgarlik va boshqa turdagi jinoyatlar sodir etilishining oldini olish va bu borada profilaktik tadbirlar tashkil etish hamda harbiy xizmatchilar ongiga jazo muqarrarligini singdirish boʻyicha barcha mutasaddilarga vazifalar berildi.

Oʻz muxbirimiz.