Buxoro shaxrining tarixiy qismida boshlangan obodonlashtirish va sanitariya xolatini yahshilash ishlari jadallik bilan davom etmoqda. Bu ishlarda shaharning barcha korxonayu tashkilotlari bilan birgalikda huquq-tartibot organlari hodimlari xam jonbozlik koʻrsatishmoqda.

IIV Halqaro aeroportlarda havfsizlikni taʼminlash qoʻshinlari “Buxoro” halqaro aeroportida havfsizlikni taʼminlash aloxida batalʼoni xam bunday savobli ishga xissa qoʻshmoqchi boʻlishdi. Yaqinda harbiy qism komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, mayor Sherzod Niyozov boshchiligidagi bir gurux xarbiylar Buxoro shahridagi Gʻoyibato hamda Tali asbob qabristonlarida hashar oʻtkazishdi.

– Shahrimizda 41 ta qabriston boʻlib, ayni paytda barchasida obodonlashtirish-koʻkalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda, – deydi shaxar obodonlashtirish boshqarmasi qabristonlarni saqlash uchastka boʻlimi boshligʻi Abduxafiz Poʻlatov biz bilan suxbatda. – Xashar tadbirlarida sektor rahbarlari boshchiligida barcha korxona va tashkilotlar jalb qilingan. Bunda xarbiylarimiz va viloyat Yoshlar ittifoqi sardorlari tashabbus koʻrsatishmoqda. Ular qabristondagi yoʻlaklarni epaqaga keltirib, shagʻal bilan tekislashdi. Qabriston atrofidagi ariqlarni tozalashib, manzarali nihollar oʻtqazishmoqda. 

Mirzoqul AXADOV,

“Postda” muhbiri.

Buxoro viloyati.