Urganch shahri hududida jamoat xavfsizligini taʼminlash, jinoyat hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbiri oʻtkazildi. Mazkur tadbirda Ichki ishlar, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari shaxsiy tarkibi hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida asosiy eʼtibor jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda qidiruvdagi shaxslarni aniqlashga qaratildi. Shuningdek, mahallalarda oʻtkazilgan targʻibot tadbirlarida oʻgʻirlik, giyohvandlik, firibgarlik, odam savdosi, terrorizm kabi jinoyatlarning oldini olishga alohida eʼtibor berildi.
Tadbir davomida shahar hududidagi choʻmilish xavfli boʻlgan ochiq suv havzalarida profilaktik-ogohlantiruv tadbirlari oʻtkazildi va ushbu hududlarga “Choʻmilish taqiqlanadi!” targʻibot bannerlari oʻrnatildi.
Profilaktik tadbir davomida restoranlar, barlar, tungi klublar, kompyuter zallari kabi koʻngilochar maskanlar ham oʻrganib chiqildi. Hamkorlikda oʻtkazilgan reyd tadbirlari davomida qonun talablariga rioya etmagan shaxslar hamda maskan rahbarlariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Xudoybergan JABBOROV,
“Postda” muxbiri.
Xorazm viloyati.
