Ayni kunlarda Xorazm viloyati IIB Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlari “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbiri doirasida samarali ishlarni amalga oshirmoqda.

Bu borada huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi hamda patrulʼ-post xizmati xodimlaridan iborat “Ishchi guruh”lari tuzilib, ular Urganch, Xiva temir yoʻl vokzallari hamda “Hazorasp”, “Pitnak” temir yoʻl bekatlarida xizmat faoliyatini davom ettirishyapti.

Tadbir davomida asosiy eʼtibor, temir yoʻl izlariga yaqin boʻlgan mahallalardagi har bir xonadonda profilaktik suhbatlar oʻtkazilib, tadbirning mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda.

Shuningdek, pirotexnika vositalarini qonunga xilof ravishda olib yurish va undan foydalanishning salbiy oqibatlari yuzasidan aholi yashash punktlari, umumtaʼlim maktablari hamda savdo shahobchalarida profilaktik-targʻibot ishlari olib borilmokda.

Xudoybergan JABBOROV,

“Postda” muxbiri.