Guliston shahridagi Ulugʻobod mahallasida “Xavfsiz mahalla” tizimini joriy etishga bagʻishlangan oʻquv-seminar mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda shahar-tuman IIB boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari – jamoat havfsizligi xizmati boshliqlari hamda Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi va boʻlinma rahbarlari ishtirok yetishdi.

Tadbirda taʼkidlanganidek, viloyatda 91 ta mahalla “qizil” toifaga kiritilgan. Ularda jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan kichik ishchi guruhlari tashkil etilgan. Jinoyat keltirib chiqaruvchi hamda jinoyat qurboni boʻlish ehtimoli yuqori boʻlgan shaxslarning roʻyxati shakllantirilgan. Seminarda ushbu toifadagi shaxslar bilan profilaktik chora-tadbirlarni olib borish borasidagi vazifalar belgilab olindi.

Abdurahmon MUSTAFOQULOV,

“Postda” muxbiri.

Sirdaryo viloyati.