Navoiy viloyati Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan transport infratuzilmasi obʼektlarida jinoyatchilikni jilovlash, yoʻlovchi va yuk poyezdlarining xavfsiz harakatlanishini taʼminlash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, yoʻnalishlar boʻyicha Navoiy xalqaro aeroporti, Navoiy temir yoʻl vokzali va Qiziltepa temir yoʻl bekatida yoʻlovchilarni kutib olish va kuzatish vaqtida jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash borasida profilaktik chora-tadbirlar tashkil etilmoqda.

Jumladan, poyezdlarga chiptasiz chiqqan yoʻlovchilar, noqonuniy savdo-sotiq bilan shugʻullanuvchi shaxslar aniqlanib, ularga nisbatan qonuniy choralar koʻrilmoqda. Shuningdek, yoʻlovchi va yuk poyezdlarining xavfsizligini, yuklarning belgilangan manzilga bus-butun yetib borishini taʼminlash maqsadida patrullik naryadlari yoʻlga qoʻyilib, profilaktik chora-tadbirlar kuchaytirilmoqda.

Xizmat hududida yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» poyezdining xavfsiz harakatlanishini, yoʻnalishlarda jamoat tartibini saqlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida korxona va tashkilotlar, taʼlim muassasalari, temir yoʻl yaqinidagi mahallalarda targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda.

 

Mahliyo XOLOVA,

oʻz muxbirimiz.

Navoiy viloyati.