Koʻhna va navqiron Xiva shahrida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 32 yilligi keng nishonlandi. Bayram tadbirlarida turli soha vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirok etishdi.

“Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun” shiori ostida oʻtkazilgan bayram tadbirlarida mehnat jamoalarining chiqishlari tashkil etildi. Koʻplab madaniy tadbirlar, xalq sayillari boʻlib oʻtdi. Bayram tadbirlari davomida viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari boshqa sohaviy xizmat vakillari bilan hamkorlikda jamoat tartibini saqlash, chet el va mahalliy sayyohlarning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishdi.

Xudoybergan JABBOROV,

oʻz muxbirimiz.

Xorazm viloyati.