Sergeli tumani “Uchuvchilar” mahallasi 65-uy oldida IIOFMB JTSB PPX xodimlari hamda hudud profilaktika inspektori hamkorligida jinoyat “issiq izida” ochildi. Bu yerda ikki fuqaro shubhali koʻringani uchun tekshirib koʻrilganida ularning sumkasi ichidan 18 dona, “Spark” rusumli avtoulovining salonidan 32 dona hamda egnidagi kiyimlarining turli joylariga yashirib olgan 15 dona yashil va sariq rangli selofan paketlarga oʻralgan kukunsimon modda borligi aniqlandi. Ularga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirilib, tuman IIOFMBga topshirildi.
Sarvar SOBIROV,
oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.
