Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli farmoyishiga asosan joriy yilning 25-avgustidan 25-sentabr kuniga qadar «Xotin-qizlar orasida firibgarlik jinoyatining oldini olish» oyligini oʻtkazish belgilangan edi.

Mazkur oylik doirasida Nukus shahridagi 2-sonli oilaviy poliklinika xodimlari uchun «Firibgarlikka yoʻl yoʻq» mavzusida tadbir oʻtkazildi. Tadbir davomida firibgarlik jinoyati va turlari, uning salbiy oqibatlari aniq misollar bilan tushuntirildi. Shuningdek, firibgarlarga aldanib qolmaslik uchun nimalarga eʼtibor qaratish lozimligi haqidagi bukletlar tarqatildi.

Muassasa ichkarisiga firibgarlikdan ogoh boʻlish zarurligini eslatib turuvchi bannerlar oʻrnatildi.

Ayjamal NAMENOVA,

podpolkovnik.