Sirdaryo viloyati IIBda xodimlarning ruhiy holati barqarorligini taʼminlash, maʼnaviy dunyoqarashini kengaytirish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi. 

IIV Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Sirdaryo viloyati boʻlimi, TVBSO xodimlari ishtirokida oʻtgan tadbirda xodimlarning xizmatdan tashqari oʻzini tutishi, atrofdagilarga yaxshi muomala qilishi, jamiyatda oʻzini munosib tutishiga oid tavsiyalar berildi. Operatsiyalar vaqtida olinadigan ruhiy zoʻriqishlarni bartaraf etishga doir psixologik usullar oʻrgatildi.

Abdurahmon MUSTAFOQULOV, 

«Postda» muxbiri.

Sirdaryo viloyati.