Fargʻona viloyati Bagʻdod tumani Ichki ishlar boʻlimida “Intizom oyiligi” doirasida xodimlarining ota-onasi hamda oila aʼzolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Tadbirda har bir xodim xizmat faoliyatida tartib-intizomga qatʼiy amal qilishi kerakligi, bu esa muvaffaqiyatga zamin boʻlishi taʼkidlandi. Ichki ishlar organi xodimi muomala madaniyatida boshqalarga oʻrnak boʻlishi, tamagirlik va poraxoʻrlik kabi illatlardan yiroq yurishi kerakligi alohida qayd etildi.
Tadbir yakunida xizmatda ijobiy natijalarni qoʻlga kiritib, hamkasblariga oʻrnak boʻlayotgan bir guruh xodimlarning ota-onalariga minnatdorlik bildirildi.
“Intizom oyligi” doirasida tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan davra suhbati ham mazmunli boʻldi. Malakali psixolog Gʻoʻzal Alieva ishtirokidagi “Shaxsni maʼnaviy sogʻlomlashtirish, maʼnaviy tahdidlarni bartaraf etish hamda hayotiy koʻnikmalarni rivojlantirish” mavzusidagi psixologik trening tadbirning yuqori saviyada oʻtishiga xizmat qildi.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
