Yaqinda bir nechta fuqaroni Germaniya davlatiga ishga joʻnataman, deya firibgarlik bilan ulardan pul olgan fuqaro qoʻlga olindi. Bu haqida Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati xabar beradi.
Maʼlum boʻlishicha, Ellikqalʼa tumanida yashovchi 1989 yili tugʻilgan SH.SH. Xorazm viloyatida yashovchi M.U.ni “International Job Organization” xususiy bandlik agentligining Qoraqalpogʻiston filiali orqali Germaniya davlatiga ishga joʻnatishga vaʼda beradi. Buning evaziga uning 5800 AQSH dollari pulini oladi. Xuddi shu tarzda Xorazm viloyatida yashovchi S.X.ning 3500 AQSH dollari, Beruniy tumanida yashovchi D.B.ning 1000 AQSH dollari miqdoridagi pullarini firibgarlik bilan qoʻlga kiritadi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Toʻrtkoʻl tuman IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Azamat Pirniyazov,
“Na postu” muxbiri.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi.
